O'ZBEK ADABIYOTI FANIDAN MUSTAQIL TA'LIM, : Ulug'bek Hamdamov hayoti va ijodi, "Muvozanat" asari tahlili. Muammosi" (Oybek she’rlari misolida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Ilmiy rahbari - filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov. Hozirda "XX asr o‘zbek she’riyati badiiy tafakkur tadrijining ijtimoiy-psixologik asoslari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. Ilmiy maslahatchi - filologiya fanlari doktori, professor Naim Karimov. 1997-2009 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va Adabiyot institutida katta ilmiy xodim. 2009- yildan beri "Sharq yulduzi" jurnalining bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda. «Tangriga eltguvchi isyon» (2002), «Atirgul» (2006), «Seni kutdim» (2007) she’riy hamda «Yolg‘izlik» (2000), «Muvozanat» (2003), «Isyon va itoat» (2004), «Sabo va Samandar», «Uzoqdagi Dilnura» (2010) kabi nasriy asarlari nashr etilgan. Ilmiy asarlar to‘plami ham bor («Badiiy tafakkur tadriji», 2003; «Yangilanish ehtiyoji», 2007). U. Hamdam J. Rumiyning "Ichindagi ichindadir " (2001) va professor U. Turonning "Turkiy xalqlar mafkurasi tarixi" nomli asarlarini turk tilidan o‘girgan. Tarix fakultetida o‘qigan Yusuf mana 35 yoshga kiradi hamki, hali hech narsa orttirolgani, biror arzirli ish boshlayolgani yo‘q. Bir o‘g‘ilchasi va ayoli bilan ijarama-ijara shaharda yashaydi. Haftasiga bir-ikki kun universitetda dars berib kelishini aytmasa, deyarli bekorchi. Qishloqqa, ota-onasiga biror narsa ko‘tarib borishga-da qurbi yetmaydi. Tarix fakultetida o‘qigan Yusuf mana 35 yoshga kiradi hamki, hali hech narsa orttirolgani, biror arzirli ish boshlayolgani yo‘q. Bir o‘g‘ilchasi va ayoli bilan ijarama-ijara shaharda yashaydi. Haftasiga bir-ikki kun universitetda dars berib kelishini aytmasa, deyarli bekorchi. Qishloqqa, ota-onasiga biror narsa ko‘tarib borishga-da qurbi yetmaydi.Tarix fakultetida o‘qigan Yusuf mana 35 yoshga kiradi hamki, hali hech narsa orttirolgani, biror arzirli ish boshlayolgani yo‘q. Bir o‘g‘ilchasi va ayoli bilan ijarama-ijara shaharda yashaydi. Haftasiga bir-ikki kun universitetda dars berib kelishini aytmasa, deyarli bekorchi. Qishloqqa, ota-onasiga biror narsa ko‘tarib borishga-da qurbi yetmaydi.O‘zbekiston yangi mustaqil bo‘lgan davrlar... hamma tizimda muammolar yetarlicha, kambag‘allar qashshoqlashgan, o‘rta hollar kambag‘allashgan. Olimlar, ilmparvarlar, ma’rifat sohasidagilar bir chetga surilib, hamma qorin dardiga tushgan, moddiy ehtiyoj yuqori darajaga chiqqan chog‘lar.Yusuf bilan birga o‘qigan Said va Mirazim allaqachonlar o‘z yo‘llarini topib ketgan. Mirazim savdoda mamlakatdagi yirik savdogarga aylangan bo‘lsa, Said katta bir amaldorning qiziga uylanib, o‘zi ham mansab cho‘qqisi tomon yuqorilagandan yuqorilaydi. Yusuf esa har ikkisiga qiziqmadi. Savdoga unda iqtidor, mansabga esa qiziqish, xohish yetishmadi. U ilm odami edi. Ammo ilm uning davriga kelib qadrsizlandi. Qorin-qursoq birinchi darajada turadigan bo‘ldi.Nochorlikdan ko‘chada qolis